“Arqadag‘”dan aqlbovar qilmas qaror: qora niqob taqish taqiqlandi

Olam

image

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda qora rangli tibbiy niqoblardan foydalanish butunlay taqiqlandi. Ilgari bu talab faqat avtomobil haydovchilariga nisbatan qo‘llanilgan. Bu haqda “Turkmen.news” ma’lum qildi.

Nashrga ko‘ra, politsiyachilar qora niqob taqqan yo‘lovchilarni to‘xtatib, ulardan 50 manat miqdorida jarima to‘lashni talab qilmoqda (jamoat joyida niqobsiz yurish uchun 21 manat jarima belgilangan). 

Agar fuqaro jarimani joyida to‘lasa, qo‘yib yuborilyapti. Bahslashsa, bo‘linmaga olib ketilayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, qora niqoblilarni “ovlash” maktablarda ham boshlangan. Qora niqobda yurgan o‘quvchilar suratga olinib, ularning ota-onalaridan 50 manat, taqriban 14,3 dollar jarima talab qilinyapti.

Qayd etilishicha, YPX xodimlari ashxobodlik haydovchilardan oq niqobda yurishni 2021 yil dekabridan buyon talab qilmoqda. 

Bu qariyb 15 yildan buyon Arqadag‘ – Gurbanguli Berdimuhamedov boshqaruvida bo‘lgan Turkmanistonda qabul qilinayotgan ilk noodatiy va aqlbovar qilmaydigan qoida emas. Bungacha mamlakatda avtomobillar oq rangda bo‘lishi, kamiga ularning boshqa texnik uskunalarini ham oq rangga bo‘yash bo‘yicha qaror qabul qilingandi. Shuningdek, mamlakatda davlat xizmatchilari bo‘lgan erkaklarning sochini bo‘yashga ham taqiq qo‘yilgan. 

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi boshlangan vaqtda Turkmanistonda niqob taqish taqiqlangandi. Niqobda yurganlar “vahima uyg‘otishda” ayblangan. 2020 yil iyulida JSST missiyasining tashrifidan so‘ng, hukumat epidemiyaga qarshi sanitariya qoidalarini joriy eta boshladi, niqob taqishni majburiy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing