“Arqadag‘” Ashxobodda qurilayotgan “Toshkent” loyihasi bilan tanishdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat poytaxti Ashxobodda qurilayotgan “Toshkent” madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda mamlakat davlat axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Toshkent” madaniyat va istirohat bog‘i  Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik sharafiga Ashxobodda qurilmoqda. 

Berdimuhamedov loyihaning amalga oshirilishi Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga, Ashxobod va Toshkentning turli sohalardagi hamkorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkmaniston Prezidenti Ashxobodda “Toshkent” nomli istirohat bog‘i qurish niyatini o‘tgan yilning fevral oyida ma’lum qilgan. Avgust oyida esa Turkmaniston poytaxtida bog‘ning qurilishi boshlangan. Uning maydoni qariyb 30 ming gektarni tashkil qiladi va O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarini tasvirlovchi yigirmadan ortiq ob’ektni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing