Aripov YeOII forumida qatnashdi. Raqamli infratuzilma uchun 2,5 mlrd dollar jalb qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Qozog‘istonning Olma Ota shahrida bo‘lib o‘tgan “Raqamli qayta yuklanish: yangi voqelikka sakrash” forumida aytib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari Bosh vazirlari ishtirok etdi.

Abdulla Aripov ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston” strategiyasi haqida ma’lumot berdi.

“Bizning raqamli kun tartibimiz aholi maskanlarini tez va arzon internet bilan ta’minlash, elektron hukumatni rivojlantirish miqyosini kengaytirish, bank sohasida raqamli transformatsiyani davom ettirish, sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirishni kengaytirish, axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash, IT-sanoat va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va shu kabi muhim vazifalarni hal qilishga qaratilgan”, deydi Aripov.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi. Toshkent, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida uchta yangi data-markaz ishga tushiriladi, mobil aloqa modernizatsiya qilinadi va telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantiriladi. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun 600 mln dollardan ziyod mablag‘ jalb etish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing