Aripov Toshkentni, Ramatov viloyatlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga javobgar bo‘ldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham muhokama qilindi. 

Bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpog‘iston va har bir viloyat bo‘yicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahri tumanlariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov viloyatlarga shu masalalar bo‘yicha mas’ul etib biriktirildi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod ta’mirga muhtoj ko‘p qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 131 ta ijtimoiy soha ob’ektini mukammal va 3 mingtasini joriy ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Tibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing