Aripov Rossiyadan “Sputnik V” yetkazib berishni ko‘paytirishini so‘radi
Jamiyat
−
29 aprel 2021 5329 1 daqiqa
O‘zbekiston Rossiyadan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘ramoqda. Shu masalada O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashida Rossiya hukumat rahbari Mixail Mishustinga murojaat qilgan.
Xabarga ko‘ra, Aripov rasmiy Moskvadan koronavirusga qarshi vaksinani respublikada ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Abdulla Aripovning ta’kidlashicha, “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash O‘zbekistonda muvaffiqiyatli kechyapti. Bundan tashqari, u O‘zbekiston Rossiyaning ushbu vaksinasini ishlab chiqarishga tayyorligini ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1 apreldan boshlandi. Ayni paytda aholi Astra Zeneca, Rossiyaning “Sputnik V” hamda ZF-UZ-VAC2001 vaksinalari bilan emlanmoqda. Hozirga qadar O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq odam emlandi.
Diyora Abdurahmonova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr