Aripov Germaniyaga bordi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Ayni paytda Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi. Kecha, 1 mart kuni Berlin shahrida ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, forumda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etgan.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2 mart kuni Hamburgda “O‘zbekiston iqtisodiyoti kuni” bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov taqdimot qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing