Argentinaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image


Eduardo Antonio Zuayn Argentinaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Uning qarorgog‘i Moskva shahrida joylashgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 23 iyun kuni Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Eduardo Antonio Zuaynni qabul qilgan.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlangan uchrashuv avvalida Vladimir Norov elchiga diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyat tilagan. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Argentina hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

“Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Argentina kapitalini jalb etish, investitsiyalarni himoya qilish va ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish to‘g‘risida bitim tuzish, Argentina biznes-sub’ektlari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini tashkil etish orqali savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing