Argentinada futboldagi tartibsizlik tufayli sobiq futbolchi vafot etdi
Sport
−
07 Oktabr 2022
4243Argentinaning La-Plata shahrida futbol bo‘yicha mamlakat chempionati doirasidagi “Ximnasia va Esgrima” va “Boka Xuniors” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida “Xuan Karmelo Serilo” stadioni tashqarisidagi muxlislarning tartibsizligini bostirish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositalaridan foydalangan. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TyC Sports.
Manba xabariga ko‘ra, 57 yoshli sobiq futbolchi Sezar Regeyroning yuragi to‘polon vaqtida xuruj qilib qolgan va u shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
Shuningdek, yana uch nafar muxlis og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani ta’kidlanmoqda.
Janjal muxlislar arenada bo‘sh joy yo‘qligiga qaramay zo‘rlik bilan stadionga kirishga uringach, politsiya qarshilik ko‘rsatishi ortidan boshlangan. Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni ishlatishga majbur bo‘lishgan.
Gaz ta’sirida maydondagi futbolchilar ham o‘yinni to‘xtatishgan. “Boka” bosh murabbiyi Ugo Ibarra birinchi bo‘lib hakamdan uchrashuvni yakunlashni so‘ragan va shundan so‘ng uchrashuv referisi o‘yinni 9-daqiqada to‘xtatgan.
Avvalroq Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda futbol o‘yini ortidan yuz bergan tartibsizliklarda kamida 174 kishi halok bo‘lib, 200 ga yaqin odam jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
Shahzod Shukurov
LiveBarchasi