Argentina vitse-prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Olam

image

Buenos-Ayresda Argentina vitse-prezidenti Kristina Kirshnerga suiqasd uyushtirildi, u jabrlanmadi, hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Voqea Kirshnerning uyi yaqinida tarafdorlari bilan uchrashuv chog‘i sodir bo‘lgan. Suiqasd aks etgan videodan ko‘rinib turibdiki, erkak vitse-prezidentning yuziga qurol o‘qtagan, biroq o‘q uzmagan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, qurol noto‘g‘ri tomonga yo‘nalgan bo‘lishi ham mumkin.

Suiqasdni 35 yoshli braziliyalik uyushtirgani, u voqea joyida ushlangani aytilmoqda.

“Yaqin-atrofda bo‘lgan va quroli borligi aniqlangan erkak xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular uni chetga olib ketishdi, qurolni topishdi va endi uni tekshirish kerak”, deydi Xavfsizlik vaziri Anibal Fernandes mahalliy C5N telekanaliga.

Uning ta’kidlashicha, hozircha tergov aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lmaguncha, tafsilotlarni ochiqlashda ehtiyot bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing