Argentina vaziri avtohalokat qurboni bo‘ldi
Olam
−
24 aprel 2021
4124Argentina Transport vaziri Mario Meoni yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda "Todo Noticias" telekanali mamlakat deputatlar palatasi rahbari Serxio Massaga asoslanib xabar bergan.
Hodisa Buenos-Ayres viloyatining Karmen-de-Areko va San-Andres-de-Xiles shaharlari orasidagi avtomagistralda sodir bo‘lgan.
Meoni boshqaruvidagi Ford Mondeo avtomobili avtomagistralning 112-kilometrida burilib ketgan.
Telekanal manbalarining xabar berishicha, vazir katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Shuningdek, hozirda avariya sababi aytilmagan.
Manbalarga ko‘ra, Meonining atrofidagi odamlar unga haydovchi yollashni maslahat bergan, ammo vazir mashina haydashni xohlagani sababli buni rad etib kelgan.
LiveBarchasi