Ilk bor tirik odam koronavirusni murdadan yuqtirib oldi
Olam
−
15 aprel 2020
17564Tailandda tibbiy ekspert koronavirusdan o‘lgan odamdan virus yuqtirib halok bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, bu holat morg ishchilari va dafn qilish idoralari xodimlarining xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Bu haqda “BuzzFeed News” xabar berdi.
Bu sud tibbiyoti bo‘limidagi tibbiy xodimning COVID-19 yuqtirib halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holat.
“Patologiya, sud-tibbiy ekspertizasi bo‘limlarida ham jarrohlik xonalarida qo‘llanilayotgan dezinfeksiya choralarini ko‘rish kerak”, deydi Bangkokdagi RVT tibbiyot markazi shifokori Von Srivijitalay va Xitoyning Xaynan tibbiyot universitetidan bo‘lgan Virud Vivanitkit.
Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, bemor koronavirusni ish joyida emas, xorijdan kelgan odamlar bilan muloqotda yuqtirgan bo‘lishi ham mumkin. Sababi u vafot etgan paytda, ya’ni 20 mart kunigacha Tailandda kasallik yuqtirib olganlar, asosan, chet el davlatlaridan kelgan fuqarolar bo‘lgan.
“Faqatgina sud tibbiy ekspertizasi xodimlari emas, morg va dafn qilish idoralari texnik ishchilari ham ehtiyot bo‘lishi kerak”, degan patologiya professori Anjelika Kortals.
Koronavirus o‘limlarda qancha vaqt saqlanib qolishi yoki jasad odamlar uchun zararli bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot kam.
Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (ECDC) hisobotida ham COVID-19 ning odam murdasi orqali tirik insonga yuqishi mumkinligi, biroq ushbu holatning ehtimoli past ekani ma’lum qilingandi. Hisobotda kasallikdan vafot etgan odamga yaqinlashishga to‘g‘ri kelganda, barcha tibbiy himoya vositalaridan foydalanish lozimligi qayd etilgandi.
LiveBarchasi