Harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgaradi
Jamiyat
−
06 fevral 2019
1733Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini yilning fevral-mart oylarida o‘tkazilishi chaqiruv va yig‘in punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini ta’minlashda qator qiyinchilik va sarf-harajatlarning ortishiga olib kelmoqda. Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni o‘z vaqtida chaqiruv va yig‘in punktlariga yetib kelishlariga to‘sqinlik qilmoqda, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati.
Chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ortiqcha sarf-harajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni zaxiraga bo‘shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga o‘tkazish taklifi berilgan.
Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o‘tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi.
LiveBarchasi