Arab dunyosining eng boy milliarderlaridan biri vafot etdi
Olam
−
18 dekabr 2021
23726Birlashgan Arab Amirligining chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi milliarderi, dunyodagi eng boy arablardan biri Majid al-Futtaym vafot etdi. Bu haqda Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum kecha, 17 dekabr kuni o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
“Dubayning eng muhim va eng buyuk insonlaridan biri bo‘lgan kashshof tadbirkor, birodarimiz Majid al-Futtaymga Alloh rahm qilsin”, degan Muhammad ibn Roshid Al-Maktum.
Dubay amiri Majid al-Futtaymning o‘lim sabablarini ochiqlamagan.
“Arabnews” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Majid al-Futtaym taxminan 1930-yillarda tug‘ilgan. U 1992 yilda Majid al-Futtaym (MAF) kompaniyasiga asos solgan. Majid al-Futtaym Ummon bankida kotib bo‘lib ishlaganidan so‘ng, MAF Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi chakana savdo markaziga aylangan.
Shuningdek, Majid al-Futtaym kompaniyasi Fransiyaning Carrefour gipermarketining franchayzi bo‘lgan.
Fransiyaning mazkur oziq-ovqat tarmog‘ining bosh direktori Aleksandr Bompard al-Futtaymning o‘limini oziq-ovqat giganti uchun juda qayg‘uli xabar deb atadi.
“Biz savdoga oid umumiy qarashlarimizni davom ettiramiz”, deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, 3,6 mlrd boylikka ega al-Futteym "Forbes" reytingidagi arab milliarderlari orasida uchinchi o‘rinda turadi. 2020 yilda MAF’ning daromadi 8,9 milliard dollarni tashkil etgan.
LiveBarchasi