Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Arab dunyosida mashhur Arabian Business jurnali o‘zbekistonlik tadbirkor haqida yozdi

Biznes

image

O‘zbekistonlik tadbirkor, MAHMOOD KEBAB restoranlar tarmog‘i asoschisi Nodir Mahmudov bilan intervyu va u tashkil etgan restoranlar tarmog‘i haqidagi maqola arab diyorlarida chop etiladigan eng ommabop jurnal – Arabian Business’dan o‘rin oldi. Jurnalning galdagi sonida Nodir Mahmudov asos solgan restoranlar tarmog‘ining kengayish bosqichlari, Madina shahrida ochilgan MAHMOOD KEBAB restorani haqida so‘z borgan. 

Jurnalda yozilishicha, MAHMOOD KEBAB Madinai munavvara, xususan, Haram hududida ochilgan ilk o‘zbek restorani bo‘lib, Arabian Business’ning urg‘u berishicha, bugungacha bo‘lgan ovqatlanish shoxobchalari arablar bilan hamkorlikda tashkil etilganidan kelib chiqilsa, MAHMOOD KEBAB yuridik nuqtai nazardan ham to‘liq birinchi o‘zbek restorani hisoblanadi. Ya’ni, uning 100 foiz hissadori o‘zbekistonlik tadbirkor. 

MAHMOOD KEBAB – an’anaviy taomlarni zamonaviy mehmondo‘stlik standartlari bilan uyg‘unlashtirgan o‘zbek restorani, deya ta’rif beradi jurnal. 
 
Madina shahridagi restoran 2024 yil iyun oyida ochilgan. U As Safiyyah muzeyi va bog‘ida, Masjidul Nabaviydan atigi 200 metr uzoqlikda joylashgan. 

Maqolada ta’riflanishicha, MAHMOOD KEBAB’ning ikkita asosiy maqsadi bor: mehmonlarni asl ta’m bilan xursand qilish va xodimlar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish. 

“Biz insonlarning hayot sifatini yanada yaxshilashga intilamiz. Restoranimiz O‘zbekiston oshpazlik an’analarini zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlari bilan uyg‘unlashtiradi. Biz kabob, somsa, osh va Markaziy Osiyo taomlarining taqdim etamiz”, deydi Nodir Mahmudov. 

Yozilishicha, Madinadagi restoranda faqat mahalliy Saudiya Arabistoni barra go‘shtidan foydalaniladi, bu esa mahsulot sifati va qat’iy halol standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi. 

Albatta, o‘zbekistonlik tadbirkor uchun Saudiya Arabistoni bozoriga kirish oson kechmagan. 
Madinadagi As Safiyyah muzeyi va bog‘i qurilishi boshlanganida, MAHMOOD KEBAB jamoasi keng ko‘lamli loyiha uchun imkoniyatni ko‘rgan. 

“Men uchun tadbirkor va musulmon sifatida Madinada o‘zbek restorani ochish shaxsiy orzuim edi”, deydi Mahmudov. 

Biroq Saudiya Arabistonida O‘zbekiston kompaniyasining filialini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qiyin kechgan. MAHMOOD KEBAB murakkab byurokratik jarayondan o‘tishi kerak edi va unga mahalliy hukumat organlari yordam berdi. 

“Biz Saudiya Arabistoni hukumatidan ko‘rsatgan yordami va taqdim etilgan imkoniyat uchun alohida minnatdormiz”, deydi Mahmudov. 

Tadbirkor Mahmudovning intervyuda ta’kidlashicha, restoranning kelgusi maqsadlari geografiyasi faqat Madina shahri bilan cheklanmagan. 

“Maqsadimiz – shaffof,  milliy yo‘naltirilgan va halol standartlariga to‘liq javob beradigan eng yirik xalqaro halol restoranlar tarmog‘ini yaratish”, deydi u. 

Maqola muallifining yozishicha, bugungi kunda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda MAHMOOD KEBAB’ning uchta restorani faoliyat yuritmoqda va Madina shahridagi filialning ishga tushirilishi xalqaro miqyosda kengayish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. MAHMOOD KEBAB’da jami 150 nafar xodim ishlaydi va har oy 100 000 dan ortiq mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi. 

Kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalariga Saudiya Arabistonida ikkita yangi restoran, jumladan Makkada bitta restoran ochish kiradi. 

“Saudiya Arabistoni va undan tashqaridagi strategik ahamiyatga ega shaharlarda restoranlar ochish biz uchun ustuvor vazifadir. Biz franchayzing dasturini faol rivojlantiryapmiz, qadriyatlarimiz bilan o‘rtoqlashuvchi hamkorlarni jalb qilyapmiz. Bu bizga barqaror sifatni saqlab, tezroq o‘sish imkonini beradi”, deydi tadbirkor. 

Arabian Business’ning yozishicha, Madinai Munavvara, Haram hududidagi MAHMOOD KEBAB shunchaki restoran emas. Mahmudov uchun bu ushalgan orzuning ramzi. Restoranning ochilishi nafaqat tarixiy voqea, balki halol restoran biznesining xalqaro maydonda rivojlanishidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish o‘rinliki, Arabian Business jurnalining bundan avvalgi sonida turkiyalik taniqli oshpaz va restoranlar tarmog‘i asoschisi Nusret Go‘kche (Salt Bae) bilan intervyu e’lon qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nodir Mahmudov MAHMOOD KEBAB Arabian Business

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing