O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlikka oid jinoiy javobgarlik olib tashlandi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
3728O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonunga muvofiq, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Jinoyat kodeksining O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi chiqarib tashlandi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 18 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan yashash guvohnomasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasligini nazarda tutuvchi norma kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi