2020 yildan boshlab yana bir yig‘im miqdori oshiriladi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
8931O‘zbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yig‘imlar miqdori moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryo‘l transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklarni qo‘riqlash bilan bog‘liq xarajatlarning oshishi bilan bog‘liq.
Qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va TexPDga ko‘ra to‘lov bilan O‘zbekiston hududida mahalliy, eksport va import tovarlariga 1 vagon-kilometr va konteyner-kilometr (QQS tashqari) uchun 414 so‘m etib belgilangan.
Shunday qilib, qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali to‘lov bilan O‘zbekiston hududida 1 vagon-kilometr va konteyner-kilometr (QQS bilan birga) uchun esa 0,11 dollar etib belgilangan.
Harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan vagonlar soni bittadan 5 tagacha bo‘lsa, yig‘ish stavkasi 414 so‘m/vagon-kilometrni (QQSdan tashqari) tashkil etadi. Vagonlar soni 5 tadan ortiq bo‘lsa, 394 so‘m/vagon-km (QQSdan tashqari) bo‘ladi.
Agar qo‘riqlanadigan vagonlar soni, yalpi og‘irligi, 3 tonna, 5 tonna, 20 tonna, 40 tonna bo‘lsa, yig‘ish stavkasi 414 so‘m/konteyner-kilometrni (QQSdan tashqari) tashkil etadi.
LiveBarchasi