Taniqli shoir Azim Suyun vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun 72 yoshida olamdan o‘tdi.

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog‘lari etagiga joylashgan Quduqcha qishlog‘ida tug‘ilgan. Nakurt qishlog‘ida Suyun bobosi tarbiyasida o‘sib, ulg‘aydi. Uning otasi Olim savodxon bo‘lganiga qaramay, “quloq”ning‘ o‘g‘li bo‘lgani uchun qo‘liga cho‘ponlik tayog‘ini olishga majbur bo‘lgan. Yosh Azim cho‘pon otasi ketida yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Shu narsa bo‘lg‘usi shoirning shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan.

Shoirning “Mening osmonim” (1978), “Zarb” (1979), “Zamin taqdiri” (1981), “Xayolot” (1984), “Ziyo yo‘li” (1986), “Jazo” (1987), “Olis tonglar” (1989), “Kuyganim – suyganim” (1994), “Qora ko‘zing sening” (1994), “Sarbadorlar” (1994) to‘plamlari nashr qilingan. 

Shuningdek, 1992 yil Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham takdirlangan.

So‘nggi yillarda Azim Suyunning “Saylanma” (1995) kitobi chop etildi. Unga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she’rlari va “Sarbadorlar” dostoni kiritilgan.

Shoirning 1999 yili “Sharq” nashriyotida chop etilgan “O‘zlik” kitobidan turli yillarda yozilgan maqolalar, suhbatlar, she’rlar, hikoyalar va tarjimalar o‘rin olgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Azim Suyun

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar