Ayrim OTTlar  Buyuk Britaniya diplomini berishni va’da qilmoqda. Ular qonuniy faoliyat olib bormoqdami?

Jamiyat

image

Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati, vazifasi va vakolati bilan bog‘liq masalalarning noto‘g‘ri xabarlar tarqalioqda. Shu kabi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qildi.

“BRITISH FOUNDATION TASHKENT” nodavlat ta’lim muassasasi (STIR 305849046) Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Irrigator ko‘chasi, 3-uy manzilida “Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash” ta’lim turi bo‘yicha 2019 yil 16 mayda KMO 0345 raqamli litsenziya olgan bo‘lib, ushbu litsenziyaga ko‘ra, matematika, iqtisodiyot, biznes, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Mazkur litsenziya oliy ta’lim turi bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish huquqini bermaydi.

“BRITISH FOUNDATION TASHKENT” nodavlat ta’lim muassasasi Buyuk Britaniyaning “NCUK Foundation” konsorsiumi ta’lim dasturi asosida bir yillik “NCUK Foundation” ta’lim dasturini o‘qitishni taklif etmoqda. Ushbu dastur O‘zbekistonda ham, Buyuk Britaniyada ham (4-darajali Buyuk Britaniya Oliy ta’lim kvalifikatsiyalari ramkasining 2-darajasi hisoblanadi yoki Buyuk Britaniya Milliy kvalifikatsiya ramkasining 5-darajasiga to‘g‘ri keladi) oliy ta’lim faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Mazkur muassasa tomonidan ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalariga “Biz diplom bermaymiz, demak biz oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olishimiz shart emas” yolg‘on ma’lumot berilmoqda. Faoliyat yakuni bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom beradigan yoki oliy ta’limning ma’lum bir davrini o‘qish imkonini beradigan faoliyat oliy ta’lim faoliyati deb hisoblanadi hamda O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha litsenziya olib faoliyat ko‘rsatishga majbur.

“LONDON GRADUATE SCHOOL OF BUSINESS” tashkiloti oliy ta’lim turi bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida” 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat litsenziyalanishi shart bo‘lgan faoliyat turi hisoblanib, har qanday ta’lim turi bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim xizmatlarini litsenziyasiz ko‘rsatilishi noqonuniy hisoblanadi.

“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY” ISFT nodavlat ta’lim muassasasiga Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor dahasi, 9a-mavze, 18a-uy, 13-xonadon manzilida “Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash” ta’lim turi bo‘yicha 2019 yil 16 mayda KMO 0256 raqamli litsenziya rasmiylashtirilgan. Ushbu litsenziyaga ko‘ra, muassasa boshlang‘ich buxgalteriya hisobi malaka oshirish kursi, fizika, kimyo, matematika, ona tili va adabiyot, rus tili, tarix, ACCA-xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, IELTS, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur muassasaning veb-saytida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yoshlarga Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes University, Fransiyaning European Global University kabi oliy ta’lim muassasalarining bakalavr diplomi berilishi e’lon qilingan. Lekin muassasaning nomlari yuqorida qayd etilgan Yevropaning oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishi uchun tegishli litsenziya olinishi talab etiladi.

Bundan tashqari, mazkur muassasaning litsenziyada ko‘rsatilmagan manzilda, ya’ni Toshkent davlat agrar universiteti hududida faoliyat yuritishi ham litsenziya talablari va shartlarini buzish hisoblanadi. Nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes University oliy ta’lim muassasasining bakalavr diplomi berilishi hamda bu diplom O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinishi targ‘ib qilinmoqda. Ta’kidlash joizki, bakalavr diplomi “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY” ISFT nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan emas, balki Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim muassasasi tomonidan faqat imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga beriladi. Chunki “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY” ISFT nodavlat ta’lim muassasasining bakalavr diplomi berish huquqi mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

OTT

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar