Apple yangi iPhone modelini sinovdan o‘tkazishni boshladi
Texnologiya
−
01 fevral 2020
5653Amerikaning Apple kompaniyasi yangi iPhone 9 deb nomlanishi mumkin bo‘lgan yangi smartfon modelini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda MyDrivers kompaniyasi ta’minot tarmog‘idagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Amerika kompaniyasi allaqachon yangi smartfonning birinchi partiyasini chiqardi. Ushbu qurilmalar keng sinov dasturidan o‘tadi, shundan so‘ng ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi.
Yangi iPhone modelining ommaviy ishlab chiqarilishi fevral oyi oxiriga qadar, sotuvlar mart oyida boshlanishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, yangi model iPhone 8-ning aksariyat xususiyatlarini, shu jumladan A13 protsessorini va 3 Gb tezkor xotirani saqlab qoladi. Shu bilan birga, qurilmaning narxi taxminan 430 dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq, yanvar oyida Bloomberg Apple iPhone 8 ga o‘xshash byudjetli smartfon modelini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ham xabar bergan edi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi