Apple va Samsung Rossiyada liderlikni yo‘qotmoqda

Texnologiya

image

2022 yil oxirida Apple va Samsung’ning Rossiyadagi smartfonlar bozoridagi ulushi 45 foizdan 30 foizga kamaydi. Bu haqda “Lenta.ru” nashri “M.VideoEldorado” kompaniyasiga tayanib xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 24 million dona smartfon sotilgan, ularning 65 foizdan ortig‘i xitoylik ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda Xitoy brendlarining ulushi 50 foizni tashkil etdi. Natijada Samsung o‘n yil ichida birinchi marta yetakchilikni yo‘qotdi va Xiaomi 2022 yilda eng mashhur smartfon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Apple reytingda faqat to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, “M.VideoEldorado” 2022 yilda smartfonlarning asosiy xususiyatlarini sanab o‘tgan. Qurilmalarning 95 foizida barmoq izlari skaneri kabi biometrik sensorlar, 73 foizida esa 5000 milliamper soatdan ortiq batareya quvvati bor edi. 2022 yilda sotilgan barcha qurilmalar orasida ularning 70 foizida ma’lumotlarni uzatish va kontaktsiz to‘lov uchun NFC chipi mavjud bo‘lgan, qurilmalarning atigi 20 foizi 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil oxirida Xiaomi Redmi 9A va Redmi Note 10S eng mashhur smartfonlarga aylandi. Uchinchi o‘ringa 128 gigabayt sig‘imga ega iPhone 11 joylashgan. Birinchi beshlikka Tecno Spark 8C va Xiaomi Redmi 9C ham kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing