Apple o‘z elektromobili taqdimotini kechiktirdi

Texnologiya

image

Apple kompaniyasining avtomobil sanoatiga kirish bo‘yicha uzoq yillik rejalari orqaga suriladigan bo‘ldi. Bu haqda “Gadgets360” xabar berdi.

Apple 2025 yilda o‘zini-o‘zi boshqaruvchi avtomobilning rasmiy taqdimotini o‘tkazishi kerak edi. Ammo bu muddat bir yilga kechiktirildi. Chunki hozirgi texnologiya kompaniyaning to‘liq o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil haqidagi qarashlari bilan mos kelmaydi. 2026 yilda taqdim qilinadigan Titan nomli Apple elektromobili ham faqatgina avtomagistrallarda o‘zini o‘zi boshqarishi mumkin bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Apple kompaniya o‘z mashinasini 120 ming dollardan sotishni prognoz qilgan edi, ammo hozirda avtomobil 100 ming dollardan arzonroqqa baholanmoqda. Shuningdek, elektromobilning yakuniy dizayni ham hali aniq emas. Xabarlarga ko‘ra, u hozirda “prototip” bosqichida. 

Apple o‘zining avtomobil bo‘yicha rejalarini omma oldida muhokama qilmaganiga qaramay, bu loyiha texnologiya va avtomobil sanoatida ochiq sir bo‘lib qolmoqda. Chunki Apple yillar davomida bu sohada eng yaxshi iste’dodlarni yollashga intiladi. Masalan, shu yil boshida “Lamborghini”ning sobiq top menejerlaridan biri Luidji Taraborelli ham Apple’ning avtomobil dizayniga rahbarlik qilish uchun yollangan. Asosiy raqobatchilardan bo‘lgan Tesla bosh direktori Ilon Mask esa Apple’ning elektromobillar maydoniga kirish rejalari haqida “Agar mingdan ortiq muhandisni yollagan bo‘lsangiz, biror narsani yashirish juda qiyin”, degan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing