Apple keyingi yil super avtomobil taqdimotini o‘tkazadi

Texnologiya

image

Ko‘plab mish-mishlarga qaramay, Apple kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratish loyihasini tugatmagan. Bundan tashqari, haydovchisiz harakatlanadigan transport vositasining taqdimot marosimi rejalashtirilganidan ikki yil oldin – 2021 yilning uchinchi choragida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bunday xulosalar avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi Tayvan kompaniyalarining o‘z ishlarini faol ravishda kuchaytirishni boshlaganidan so‘ng qilingan. Ular orasida Heda, BizLink-KY, Heqin va Tomita kabi kompaniyalar mavjud. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kompaniyalar kelajakdagi Apple mashinasi uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarga aylanishi kerak. Ushbu ma’lumot hali rasmimy tasdiqlanmagan. Biroq, bir qator manbalarga ko‘ra, firmalar o‘rtasida dastlabki muzokaralar taxminan bir oy oldin boshlangan.

Bundan tashqari, noma’lum manbaga ko‘ra, kompaniya Kaliforniyada prototip mashinalarining maxfiy sinovlarini o‘tkazmoqda. Apple ushbu sinovlar uchun tegishli ruxsatni 2017 yilda olgan. Shundan so‘ng, kompaniya haydovchisiz tizim bilan jihozlangan Lexus RX, krossoverlarini Kaliforniya yo‘llariga olib chiqqan. Avtoulovning mustaqil harakatlanishiga imkon beruvchi maxsus moslama transport vositasining tomiga o‘rnatilgan. Shuningdek, mashinalar ko‘plab kamera, datchik va radarlar bilan jihozlangan.

Apple o‘z avtomobilini yaratish ustida ishlayotgani 2015 yil sentyabr oyida ma’lum bo‘lgandi. 2016 yil aprel oyi boshidan boshlab Titan loyihasida kompaniyaning bosh dizayneri Joni Ive rahbarligida 600 muhandis ishlagan. Avtomobilni loyihalashda Apple o‘z ishlanmalarini qo‘llashga qaror qildi, ulardan smartfon va gadjetlar yaratish uchun foydalanilgan.

Keyinchalik, kompaniya o‘z avtomobilini yaratishdan voz kechishga qaror qilgani haqida bir necha bor mish-mishlar paydo bo‘ldi. Buning o‘rniga, amerikaliklar avtomobil kompaniyalariga sotilishi rejalashtirilgan avtopilotni ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing