Apple kapitallashuvi bir kun ichida rekord darajada o‘sdi

Texnologiya

image

AQSHning Apple korporatsiyasining bozor qiymati oktyabr oyida AQSHda inflyatsiyaning sekinlashishi tufayli rekord darajada 191 milliard dollarga oshdi. Bu haqda “Business Insider” portali xabar berdi.

Portalga ko‘ra, kompaniyaning o‘z kapitali qiymatining bir kunda 8,9 foizda tez o‘sishiga inflyatsiya tashqari bozor ishtirokchilarining AQSH Federal zaxira tizimi foiz stavkasining pasayishi haqidagi taxminlari ham yordam bergan.

Korporatsiyaning umumiy bozor qiymatida kunlik daromadi 2,3 trillion dollardan oshdi, natijada Apple jahon birjalarida ro‘yxatga olingan eng qimmat kompaniyaga aylandi”, deyiladi xabarda.

AQSH Mehnat Departamenti mamlakatda iste’mol narxlari oktyabr oyida yillik hisobda 7,7 foizga oshganini ma’lum qilgan. Bir oy oldin bu ko‘rsatkich 8,2% atrofida edi.

Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasiga 1976 yil 1 aprelda Stiv Voznyak va Stiv Jobs tomonidan asos solingan. Bugungi kunda kompaniya iPhone smartfonlari, iPad planshetlari, iMac kompyuterlari, Macbook noutbuklari va boshqa yuqori texnologiyali uskunalarni ishlab chiqaradi. Bosh qarorgohi AQSHning Kupertino shahrida (Kaliforniya) joylashgan korporatsiya dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biridir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing