Apple iPhone 14 ni qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Amerikaning Apple kompaniyasi joriy yilning 7 sentyabr kuni iPhone smartfonlarining yangi model liniyasini taqdim qilmoqchi, sotuvlar boshlanishi 16 sentyabrga belgilangan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, Apple ko‘rsatilgan sanani tasdiqlamagan, biroq an’anaga ko‘ra, yangi iPhone modellari taqdimoti sentyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, aqlli soatlar, iPad va Mac kompyuterlarining yangi modellari taqdimoti bo‘lib o‘tishi mumkin. Ammo agentlik ayrim mahsulotlar keyinroq alohida tadbirlarda taqdim etilishini ham istisno qilmagan.

Kutilganidek, yangi  iPhone liniyasida 5,4 dyuymli ekranli model bo‘lmaydi. Buning o‘rniga avval faqat Pro versiyalarida bo‘lgan 6,7 dyuymli ekranli asosiy model paydo bo‘ladi.

Pro seriyali modellarda kamera joylashgan ekranning yuqori qismidagi kesma yo‘q bo‘ladi. Old kamera qoladi, lekin old panelda u qadar ko‘p joy bo‘lmaydi. Kamera imkoniyatlari ham yaxshilanadi. Pro modeli ham yangi, tezroq protsessorga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

437

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing