Apple iPad'ni kompyuterga aylantiradimi?

Texnologiya

image

Joriy yilning 20 aprelida Apple bir xil Silicon M1 protsessori bilan jihozlangan ikkita butunlay boshqa qurilmalarni – iPad Pro va iMac'ni namoyish qildi. Bu holat iPad foydalanuvchilari qachondir qurilmalariga macOS operatsion tizimini o‘rnatishi mumkin bo‘ladi degan taxminlarni keltirib chiqardi. Chunki endi buning uchun etarli imkoniyat bor.

Biroq, so‘nggi intervyusida Apple kompaniyasining xalqaro marketing va uskunalar ishlab chiqish bo‘yicha katta vitse-prezidentlari Greg Josviak va Jon Ternus bu hech qachon sodir bo‘lmasligini ta’kidladi.

Josviak, Mac va iPad kompaniya uchun “fikrlash jarayonining qarama-qarshi tomonlarida ekanligini” tushuntirdi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu qurilmalar butunlay boshqa-boshqa odamlar tomonidan turli maqsadlarda ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, Apple o‘z toifalarida eng yaxshi mahsulotlarni yaratadi. Masalan, Mac hech bir shak-shubhasiz eng yaxshi shaxsiy kompyuter hisoblanadi.

Jon Ternus iPad va Mac’ning nazariy jihatdan birlashishi masalasiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, kompaniya iPad’ga macOS o‘rnatish va Mac’ni planshet kabi sensorli qilish haqida hech qachon o‘ylab ko‘rmagan.

“Bizning maqsadimiz segment ichida eng yaxshi yechimni topishdir. Biz har yili eng yaxshi iPad'ni va har yili eng yaxshi Mac'ni yaratishni xohlaymiz. Ko‘p odamlar ikkalasini ham ishlatishini bilamiz va biz qurilmalar bir-birining o‘rnini bosishini xohlamaymiz.

“Biz bir narsaga ishonch xosil qilishimiz mumkin: universal qurilma barcha jabhada mukammal bo‘lmaydi, u faqat bir nechta qurilmaning imkoniyatlarini mujassamlashtirishi mumkin. Boshqa tomondan, iste’molchi uchun mukammal bo‘lsa ham ikkita moslama sotib olish har doim ham bitta universalga qaraganda qimmatroq.

Bir narsa aniq: Apple iPad Pro va Mac kompyuterlarida bir xil “temir” komponent o‘rnatilganiga qaramay, ularning imkoniyatini bir-biri bilan raqobatlashadigan darajaga yetkazmoqchi emas.

Shoxsanam Doniyorova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing