Apple endi yetakchi emas. Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi
Biznes
−
29 Oktabr 2021
15372Microsoft ketma-ket yil brendi deb topilgan Apple kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi eng katta bozor kapitallashuviga ega bo‘ldi. Bu haqda CNBC va “Reuters” yozmoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 29 oktyabr holati bo‘yicha, Microsoft kapitallashuvi 2,45 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda Apple (2,41 trillion dollar) ikkinchi o‘ringa tushib ketgan.
“Nasdaq” birjasining ma’lumotlariga ko‘ra, savdolar ochilishidan keyin Apple aksiyalari 3,5 foizdan ko‘proqqa tushib ketgan. Bu vaqtga kelib kompaniya aksiyasi taxminan 147 dollarga teng edi. Solishtirish uchun, tarixiy minimum 157 dollar bo‘lgan.
Apple sentyabr oyida yakunlangan chorak natijalarini e’lon qilgandi. Kompaniya natijalari tahlilchilar prognozlaridan past bo‘ldi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, choraklik daromad rekord darajadagi 83,4 milliard dollarga yetgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga ko‘p. Biroq, ta’minotdagi muammolar tufayli kompaniya 6 milliard dollar yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar “Interbrand Corp”ning 2021 yilgi tadqiqotlariga ko‘ra, Apple ketma-ket to‘qqizinchi marta “yil brendi” deb topilgandi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023