Apple dunyodagi eng qimmat brendga aylanib oldi
Texnologiya
−
26 yanvar 2021
4794Apple 263,4 milliard dollar qiymatiga ega Amazon va Google’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat brendga aylanib oldi. Bu “Brand Finance” konsalting kompaniyasining reytingida ma’lum qilindi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Apple brendi 2017 yilda yetakchilikni yo‘qotgandi. Endi esa, uning ortidan 254,2 milliard dollarlik Amazon va 191,2 milliard dollarlik Google bormoqda. Microsoft (140,4 milliard dollar) va Samsung Group (102,6 milliard dollar) birinchi beshlikni yakunlamoqda. Kuchli o‘nlikka shuningdek Walmart, Facebook, ICBC, Verizon va WeChat kiritilgan.
Shuningdek, reytingga Rossiyaning uchta brendi – Sberbank (180-o‘rin), Gazprom (304-o‘rin) va Lukoyl (360-o‘rin) kiritilgan.
LiveBarchasi