APLning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasining 2022-2023 yilgi mavsumiga joriy yilning 5 avgustida start beriladi. Bu haqda APLning rasmiy saytida xabar berildi.

1-turni 5 avgust sanasiga belgilangan “Kristal Pelas” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi bahs ochib beradi. Turning markaziy uchrashuvida “Everton” o‘z maydonida “Chelsi” qabul qiladi.

1-turda o‘zaro o‘ynaydigan barcha juftliklar bilan tanishing:

5 avgust

“Kristal Pelas” – “Arsenal”

6 avgust

“Fulxem”– “Liverpul”

“Bornmut” – “Aston Villa”

“Lids”– “Vulverxempton”

“Lester” – “Brentford”

“Nyukasl”– “Nottingem Forest”

“Tottenxem” – “Sautgempton”

“Everton” – “Chelsi”

7 avgust

“Manchester Yunayted” – “Brayton”

“Vest Xem” – “Manchester Siti”.

Ma’lumot uchun,  APLning 2021-2022 yilgi mavsumida 93 ochko jamg‘argan “Manchester Siti” chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. “Shaharliklar”dan 1 ochko kam to‘plagan “Liverpul” ikkinchi o‘rinda qolib ketgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing