APLning “yangi boyi” “Barsa” darvozabonini qo‘lga kiritmoqchi
Sport
−
05 noyabr 2021
4169Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni investorlari tomonidan sotib olingan “Nyukasl” jamoasi nemis posbonini o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda.
“Qarg‘alar” rahbariyati qishda darvoza chizig‘ini kuchaytirmoqchi va ushbu pozitsiyaga Ter Shtegen asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Angliya klubi nemis futbolchisini sotib olish uchun 47 million funt (55 million yevro) ajratishga tayyor.
Darvozabonning o‘zi “Barselona”dan ketishni istamayapti. Agar transferning amalga oshishi muqarrar bo‘lsa, Ter Shtegen “Nyukasl”ga emas, vatani Germaniyaga qaytishni tanlaydi. Sababi “Barsa” posboniga Myunxenning “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirgan.
Ter Shtegen 2014 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilib keladi. “Barselona” darvozabonni “Borussiya M” jamoasidan 12 million yevro evaziga sotib olgan. Transfermarkt portali Markning hozirgi narxini 55 million yevroga baholagan.
Jamshidbek Mahmudov
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023