APLda jismoniy jihatdan raqobatbardosh bo‘lish oson emas – Tuxel

Sport

image

Angliya Premer-ligasining (APL) joriy mavsumida beshta futbolchini o‘zgartirishga ruxsat berilmadi. Shu sabab, Yevropa Chempionlar ligasi chorak final bahslariga jismoniy jihatdan raqobatbardosh holda yetib kelish qiyin edi. Bu haqda “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFAning rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Biz jismoniy tayyorgarligimiz borasida qiyin ahvolga tushib qoldik, chunki “Real Madrid” butun mavsumda beshta almashtirishdan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Biz eng energiya talab qiladigan ligada o‘ynaymiz. Mavsum davomida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganmiz. Shuning uchun jismoniy jihatdan raqobatbardosh bo‘lish har doim ham oson emas”, degan “Chelsi” ustozi.

Tuxelning qo‘shimcha qilishicha, “Chelsi” javob bahsida kuch, chidamlilik va sovuqqonlikda “Real Madrid”dan ustun bo‘lishga harakat qiladi.

“Biz chinakam o‘ziga xos jamoa bo‘lish uchun kuch, chidamlilik va sovuqqonlikda “Real”dan ustun bo‘lishga intilamiz. O‘tgan o‘yinda buni yetarlicha amalga oshira olmadik. Bunga “Real Madrid”ning o‘yinidagi sifat va to‘pga egalik qilish orqali bahs nazoratini qo‘lida ushlab turgani ham sabab bo‘ldi”,degan Tuxel.

Ma’lumot o‘rnida, “Chelsi” – “Real Madrid” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 3-1 hisobida madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. 

Bugun, 12 aprel kuni Madriddagi (Ispaniya) “Santyago Bernabeu” stadionida Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvlari doirasida“Real” hamda “Chelsi” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing