APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden Angliya Premer ligasida 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya Premer ligasining rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish joizki, 21 yoshli Foden ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqqan ilk futbolchiga aylandi. Fil 2020/21 yilgi mavsumda ham eng yaxshi yosh futbolchi maqomini qo‘lga kiritgandi.

23 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchilarga topshiriladigan ushbu sovrin uchun Fodendan tashqari Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Konor Gallaxer (“Kristal Pelas”), Tayrik Mitchell (“Kristal Pelas”), Meyson Maunt (“Chelsi”), Aaron Ramsdeyl (“Arsenal”), Deklan Rays (“Vest Xem”) va Bukayo Saka (“Arsenal”) kurash olib borgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Fil joriy mavsum Angliya Premer Ligasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing