APLda 8 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premer-ligasi klublari futbolchilari, murabbiylari va ma’muriy xodimlari o‘rtasida sakkizta yangi yuqumli kasalliklar aniqlandi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 18-24 yanvar kunlari Premer-ligada futbolchilar va klub xodimlari orasida 2518 ta test o‘tkazilgan. Ular orasida sakkizta yangi yuqtirish holatlari aniqlangan. Infeksiyaga chalinganlarning ismlari oshkor etilmagan, ammo ular 10 kun davomida karantinga olinishi ta’kidlangan.

Joriy mavsum Premer-ligada 19 tur o‘yinlari o‘tkazildi, turnir jadvalida 40 ochko bilan “Manchester Yunayted” peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni 18 uchrashuvda 38 ochko to‘plagan “Manchester Siti” egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda “Lester” 19 o‘yinda 38 ochko to‘plagan. Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” 19 uchrashuvda 34 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing