APL va A seriya grandlari “Fiorentina” futbolchisini “nishonga oldi”

Sport

image

Italiyaning “Fiorentina” klubi serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotishga qaror qildi. Bu haqda “Express.co.uk” cayti xabar bermoqda. 

Ba’zi manbalar Dushanga Turinning “Yuventus” klubi qiziqish bildirgani haqida xabar tarqatmoqda. Biroq florensiyaliklar Vlaxovichni A seriyadagi raqiblariga sotmoqchi emas.

Xabar qilinishicha, Shimoliy Londonning “Tottenxem” va “Arsenal” jamoalari ham futbolchini sotib olishga harakat qilmoqda. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, keyingi transfer oynasida Dushan londonliklarning asosiy nishoniga aylanadi. 

Xabar qilinishicha, forvard “binafsharanglilar” bilan 2023 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Ushbu vaziyatdan “Yuventus”, “Inter”, “Arsenal” va “Tottenxem” kabi klublar foydalanib ketmoqchi. 

Ingliz nashrlarining tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” “Fiorentina” bilan Vlaxovichning transferi bo‘yicha 80 million yevrolik kelishuvga erishgan. Ammo, futbolchi va uning agenti shartnomaga qarshiligini aytishgan.

Joriy mavsumda Vlaxovich “Fiorentina” tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt  portali forvardning narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing