APL ramziy jamoasiga Ronaldu kiritilmadi

Sport 1941
image

Angliyaning nufuzli nashrlaridan biri “Goal” Premer liganing 2021-2022 yilgi mavsumi uchun 11 ta futbolchidan iborat ramziy jamoa tarkibni e’lon qildi.

Darvozabon nuqtasiga ko‘pchilik kutganidek Alison Bekker yoki Ederson emas, “Arsenal” posponi Aaron Remsdeyl qo‘yilgan. Biroq tan olish kerak Remsdeylning ishonchli o‘yini bo‘lmaganda, londonliklar mavsumni 5-pog‘onadan ham pastda yakunlashi mumkin edi.

“Goal” tuzib chiqqan tarkib himoyasidan Virjil van Deyk, Trent Aleksandr-Arnold  (ikkalasi “Liverpul”), Ruben Diash va Joa Kanselu (ikkalasi “Manchester Siti”) joy olgan.

Maydon markazidan Rodri, Kevin de Bryuyne (ikkalasi “Manchester Siti”) va Deklan Rays (“Vest Xem”) o‘rin olgan.

Hujum chizig‘iga Son Xyon Min, Xarri Keyn (ikkalasi “Tottenxem”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”) joylashtirilgan.

Ushbu tarkibdan Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane kabi yulduz futbolchilarni o‘rin olmagan.

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 18
Reyting: 3
t
×