APL. “Liverpul” mavsum debyutantiga ochko ulashdi
Sport
−
06 avgust 2022 3952 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Angliya Premer ligasining 1-turi doirasida “Liverpul” “Fulxem” mehmoni bo‘ldi. O‘yin Londondagi “Kreyven Kottej” stadionida o‘tkazildi.
Bahs 2:2 hisobida jangovar durrang bilan tugadi. Dastlab, o‘yinning 32-daqiqasida londonliklar hujumchisi Mitrovich gollandiyalik Tete tomonidan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bahsning 64-daqiqasida 2-taymda maydonga tushgan Darvin Nunes hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Mitrovich penalti orqali dublni rasmiylashtirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Uchrashuv 80-daqiqasiga kelib misrlik hujumchi Muhammad Saloh yangi mavsumdagi ilk golini kiritdi. Shu tariqa, “Liverpul” Angliya chempionatini durrang bilan boshlab oldi.
“Fulxem” – “Liverpul” 2:2
Gollar: 0:1 – Mitrovich (32), 1:1 – Nunes (64), 2:1 Mitrovich (p), (72), 2:2 Saloh (80)
Fulxem – Rodak, Tete, Adarabioyo, Rim, Robinson, X.Rid, Palinya, B.Rid (Daffi, 90+4), Kebano (Solomon, 66), Pereyra (Kerni, 89), Mitrovich.
Liverpul – Alisson, Robertson, Van Deyk, Matip, T.A.Arnold, Xenderson, Fabino (Milner, 59), Tyago (Elliot, 51), Saloh, Firmino (Nunes, 51), Dias (Karvalyu, 80).
Ogohlantirishlar: Tete (17), B.Rid (90)
Ma’lumot uchun, keyingi turda “Fulxem” safarda “Vulverxempton” bilan o‘ynaydi. “Liverpul” esa o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi