AOKAga yangi direktor tayinlandi. U ham Prezident Matbuot kotibi bo‘lgan
Jamiyat
−
29 iyul 2020
9203O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Administiratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorini tayinlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, Asadjon Xo‘jayev agentlik direktori lavozimini egalladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
2018 yilning to‘rtinchi choragidan 2020 yilning yanvarigacha ushbu lavozimda Komiljon Allamjonov faoliyat yuritgan edi. Keyinroq, direktorning birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat olib bordi.
Ma’lumot uchun, Asadjon Xo‘jayev Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tugatgan. 2001 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat qurilish akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha Asadjon Xo‘jayev elektr aloqasi bo‘yicha muhandis, iqtisodiyot magistranti.
Xo‘jayev 1995-2001 yillarda Aloqa vazirligida, Pochta va telekommunikatsiya agentligining markaziy apparatida ishlagan. “O‘zbekiston pochtasi” davlat aksionerlik kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, “Uzinfokom” Kompyuter va informatsion texnologiyalarni rivojlantirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.
2011 yildan 2012 yilgacha Intellektual mulk agentligini boshqargan. 2012 yildan 2017 yilgacha esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida direktorlik qilgan.
Asadjon Xo‘jayev bungacha O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
4 farzandning otasi bo‘lgan Asadjon Xo‘jayev 2017 yilning mart oyidan avgust oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi