Antonio Konte PSGdan qancha maosh so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Fransiyaning PSJ klubiga bosh murabbiy bo‘lishga tayyor. Faqat u oylik maoshining oshirilishini istaydi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

“Tottenxem”da yiliga 17 million yevro maosh oladigan italiyalik mutaxassis PSJda taxminan 30 million yevro ishlab olmoqchi. Agar, fransuz klubi ushbu talabga rozi bo‘lsa, Konte “Atletiko” jamoasi ustozi Diyego Simeone bilan birga dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadi.

Bundan tashqari, Antonio klub hayotining barcha jabhalarini to‘liq nazorat qilishni xohlaydi va faqat o‘zi tanlagan futbolchilar bilan ishlashni istaydi. Unga Instagram “qirollari” emas, balki maydonda chinakamiga ter to‘kadigan yigitlar kerak.

Qayd etilishicha, parijliklar hali Konte bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatmagan. Kontening “Tottenxem” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

Murabbiyning “shporlar” prezidenti Deniel Levi bilan qarashlari turlicha, shuning uchun London klubi italiyalik bilan xayrlashishga tayyor. Levi PSJni tark etishi kutilayotgan Maurisio Pochettinoni “Tottenxem”ga qaytarishdan xursand bo‘ladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing