Antonio Konte qaysi jamoaga murabbiy bo‘lishi oydinlashdi

Sport

image

“Inter” klubini A Seriya chempioni qilgan italiyalik mashhur murabbiy Antonio Konte mavsum yakunlanishi bilan kutilmaganda jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi. 

Shu paytga qadar ko‘pchilik futbol mutaxassislari Konte Zidan ketgach, bosh murabbiysiz qolgan “Real”ga o‘tishini taxmin qilayotgan edi. Biroq so‘nggi xabarlardan so‘ng Antonioning kelajagi deyarli aniq bo‘lib qoldi.

Ayni damda, “Tottenxem Hotspur” klubi Antonio Konte bilan bevosita yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda va yaqin soatlar ichida uni bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin. 

Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda. Ma’lumotda aytilishicha, Kontega yordamchi o‘rinbosar sifatida yaqindagina “Yuventus” murabbiylar shtabini tark etgan Fabio Paratichi tayinlanishi mumkin. “Shporlar” rahbariyati ayni damda unga ham taklif jo‘natgan.

Yaqin soatlar ichida barchasi ayon bo‘ladi

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing