Antiseptik ichgan 7 kishi vafot etdi
Olam
−
21 noyabr 2020
17753Yoqutistonda yetti kishi qo‘l uchun mo‘ljallangan antiseptikni ichish oqibatida vafot etdi. Shifokorlar yana ikki kishining hayotini saqlab qolishga urinishmoqda. Ularning ahvoli o‘ta og‘ir ekanligi ma’lum qilingan.
"Rospotrebnadzor"ning mahalliy bo‘linmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18 noyabr kuni Tattin tumanida yashovchi 9 nafar fuqaro do‘kondan besh litrli qutida qo‘l tozalovchi antiseptik vositasini sotib olgan. Antiseptikni ichish oqibatida, ulardan uch nafari o‘sha zahoti vafot etgan. Keyinroq shifoxonada yana to‘rt kishi olamdan o‘tgan. Ikki kishining ahvoli esa og‘ir.
O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, antiseptikning 69 foizi metanoldan tashkil topgan.
Hozirda ikki va undan ortiq fuqaroning o‘limi doirasida jinoyat ishi ochilgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyaning bir necha viloyatida 30 dan ortiq odam soxta alkogoldan zaharlanish natijasida vafot etgani haqida xabar bergandik. Alkogolda ortiqcha metanol miqdori aniqlangandi.
LiveBarchasi