Antirekord yangilandi: 951 kishida koronavirus aniqlandi, 9 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133852 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 951 kishida koronavirus aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    101 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    43 nafari Andijon viloyatida,
•    21 nafari Buxoro viloyatida,
•    103 nafari Jizzax viloyatida,
•    34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    19 nafari Navoiy viloyatida,
•    40 nafari Namangan viloyatida,
•    99 nafari Samarqand viloyatida,
•    28 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    102 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    95 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    32 nafari Xorazm viloyatida,
•    106 nafari Toshkent viloyatida,
•    128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 79 nafar,
•    Andijon viloyatida 114 nafar,
•    Buxoro viloyatida 11 nafar,
•    Jizzax viloyatida 118 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 37 nafar,
•    Namangan viloyatida 26 nafar,
•    Samarqand viloyatida 108 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 117 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 95 nafar,
•    Xorazm viloyatida 40 nafar,
•    Toshkent viloyatida 84 nafar,
•    Toshkent shahrida 103 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 127309 (+932) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Kecha 9 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 910 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 12984 nafarga yetdi. Kecha ularning 477 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 5495 nafarni tashkil qilmoqda. 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 87 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing