Antirekord: kecha 1000 dan ortiq odamda koronavirus va pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 18 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119973 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 585 kishida koronavirus va 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar bemor esa vafot etdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 50 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 18 nafari Andijon viloyatida;
  • 15 nafari Buxoro viloyatida;
  • 63 nafari Jizzax viloyatida;
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 12 nafari Navoiy viloyatida;
  • 35 nafari Namangan viloyatida;
  • 56 nafari Samarqand viloyatida;
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 59 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 42 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 14 nafari Xorazm viloyatida;
  • 61 nafari Toshkent viloyatida;
  • 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 68 nafar;
  • Buxoro viloyatida 35 nafar;
  • Jizzax viloyatida 153 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar;
  • Namangan viloyatida 40 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 50 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 61 nafar;
  • Toshkent viloyatida 41 nafar;
  • Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 114865 (+562) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing