Antimonopoliya qo‘mitasining ko‘pchilik xodimlari ishdan ketgani aytilmoqda
Jamiyat
−
30 Oktabr 2021
8468Ijtimoiy tarmoqlarda Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining ko‘pchilik xodimlari ishdan ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bundan tashqari, kecha, 29 oktyabr kuni qo‘mita Telegram kanalida Matbuot xizmati to‘liq tarkibda ishdan ketgani e’lon qilingan. Qo‘mita matbuot kotibi Manzura Xasanova holat bo‘yicha “bo‘lishi kerak bo‘lgan ish sodir bo‘ldi”, deya izoh qoldirgan.
Shuningdek, qo‘mita saytiga nazar tashlansa, markaziy apparatda o‘nga yaqin vakant ya’ni bo‘sh ish o‘rnini ko‘rish mumkin.
Bir qator bo‘lim va boshqarmalar uchun, jumladan Ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xaridlari bo‘yicha savdolarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlari vakant sifatida ko‘rsatilgan. Bu ham Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining ko‘pchilik xodimlari lavozimidan bo‘shagani to‘g‘risidagi xabarlar asosli ekanini tasdiqlaydi.
LiveBarchasi