O‘zbekistonning Antaliyadagi faxriy konsuli tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 may kuni Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ochilish marosimida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Ag‘zamxo‘jayev, Antaliya provinsiyasi rahbarining o‘rinbosari, mintaqaning ishbilarmon va ilmiy doiralari vakillari ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Antaliya viloyatidagi faxriy konsuli Barish Go‘kchega ekzekvatura (ruxsatnoma) va akkreditatsiya kartasini rasmiy ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faxriy konsullik instituti ko‘plab davlatlar tomonidan nafaqat fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki investitsiyalarni jalb qilish, savdo aloqalarini kengaytirish, madaniy-gumanitar salohiyatni oshirish va sayyohlar sonini ko‘paytirish nuqtai nazaridan samarali foydalanilmoqda. 

Marosimda faxriy konsul bilan O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, respublikaga turkiy sarmoyalarni jalb qilish, mahalliy mahsulotlarning Antaliya va Turkiya bozorlariga eksportini targ‘ib qilish, madaniy-gumanitar va boshqa aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing