Anomal sovuq bankomatlarga ham ta’sir qilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kelib chiqib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda “Qishloq qurilish bank” xabar qildi.

“Ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, bank mijozlardan kunu-tun ishlaydigan ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmaslikni so‘ragan. Qayd etilishicha, bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi esa mamlakatda anomal sovuq hafta oxirigacha davom etishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing