Anomal issiq O‘zbekistonni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 9 iyul kunidan boshlab Respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Haftaning katta qismi davomida O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 25-27 daraja, kunduz kunlari 41-43, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.

Juma kuni kunduzgi harorat 37-40 gradusgacha pasayadi va faqat janubiy hududlar bo‘yicha 42-44 darajani tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston hududi bo‘yicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi. Haftaning boshida va oxirida O‘zbekistonning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan holi emas, seshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing