Andijonda 594 gramm “gashish”ni oyoq kiyimga yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijonda oyoq kiyimlariga 594 gramm “gashish”ni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh bo‘ldi. Bu haqda  Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati “Do‘stlik” bojxona posti orqali qo‘shni mamlakat Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro X.R. ning oyog‘iga kiyib olgan qora rangli krossovkasi og‘irligi hamda tag qismi qalinligi bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada, uning oyoq kiyimlari ichida 4 dona polietilen paketga o‘ralgan, vazni 594,5 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing