Anqara Tojikistondagi voqealardan xavotirda – Turkiya TIV

Olam

image

Turkiya Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi voqealar rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Bu haqda bugun, 21 may kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, ma’lum qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi voqealar qurbonlar va odamlar, jumladan, xavfsizlik kuchlari xodimlarining jarohatlanishiga olib kelganini eslatdi.

“Turkiya Tojikistonda jamoat tartibi va barqarorlik tezroq tiklanishiga umid qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Turkiya TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda butun Tojikiston xalqiga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Tog‘li Badaxshon ma’muriy markazi Xorug‘ shahri aholisi viloyat rahbari Alisher Mirzonabotning iste’foga chiqishini talab qilganidan so‘ng, mintaqadagi vaziyat keskinlashgan. Viloyat rahbari iste’foga chiqmagan taqdirda, badaxshonliklar norozilik namoyishlarini boshlashga va’da berishdi. Rasmiylar talablarni noqonuniy deb e’lon qildi va namoyishlarda ishtirok etish terrorchilik harakati sifatida baholanishini aytgan. 

16 may kuni namoyishchilar Xorug‘ markazidagi viloyat hokimligiga bordi, biroq xavfsizlik kuchlari ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Ular namoyishchilarga qarshi rezina o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy qurollar ham qo‘llanilgani, oqibatda bir kishi halok bo‘lgani, bir necha kishi yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi.  

18 may kuni Tog‘li Badaxshonning Rushon tumanida 200 ga yaqin odam Dushanbe-Xorug‘ avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan, “aksilterror operatsiyasi” boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

720

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing