Angrenning sobiq hokimi Mirzayevga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022 11319 1 daqiqa
Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Shukurulla Mahmudov 1974 yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat texnika universitetini (kunduzgi) bitirgan.
Shukurulla Mahmudov 2016-2018 yillarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “Markazgazta’minot” unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan, keyinchalik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘i bo‘lib o‘z ish faoliyatini davom ettirgan.
2018 yil 17 oktyabr kuni Angren shahrining hokimi etib tayinlangan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr