Angrenda mast haydovchi urib yuborgan ota va bola vafot etdi
3-sahifa
−
30 may 5276 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahrida ota va uning farzandi mashina urib yuborishi oqibatida vafot etgani va haydovchining voqea joyidan qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Bildirilishicha, joriy yilning 27 may kuni soat 20:30 larda Angren shahar “Navbahor” MFY hududida mast holatdagi haydovchi Matiz rusumli transport vositasini boshqarib, Angren shahar “Navbahor” MFY 13-dahasi bo‘ylab harakatlanib ketayotganda 11-uy qarshisida o‘z yo‘nalishiga nisbatan piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joydan, qatnov qismining o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tayotgan piyodalarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida 1 nafar piyoda voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada vafot etgan. Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Onix avtomashinasida qasddan odam bosib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Live
Barchasi