Angrenda Kukmin universiteti ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Angren shahrida Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi. 

Bugun, 28 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vitse-prezidenti O Seong Xo bilan uchrashuv vaqtida bu haqida kelishuv imzolangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kukmin universitetiga 1946 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing